Olxo`ri murabbosidan «pay» - mehmon kelsa...

12:13, 08 oktabr

Zarur masalliqlar: xamiriga: 200 grammdan un va yumshoq tvorog, 125 gr. sariyog`, 1-3 osh qoshiq muzdek suv, 1 osh qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga: 500 gr. olxo`ri murabbosi, 100 gr. shokolad, 3 osh qoshiq shakar, 2 choy qoshiq dolchin; yuziga surtish uchun: tuxum sarig`i yoki qaymoq.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni to`rtburchak shaklda to`g`rab, muzxonaga 10-15 daqiqaga qo`ying.

2. Unni tuz, shakar bilan aralashtirib, tvorog qo`shing. So`ngra sariyog` bo`laklarini solib, qo`lingiz bilan aralashtiring-da, muzdek suvni qo`shing. Agar zarurat bo`lsa un ham. Xamir yumshoq bo`lishi kerak.

3. Xamirni ikkita katta-kichik zuvalaga ajrating. So`ngra sellofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatkichga qo`ying.

4. Olxo`ri murabbosidan mevalarni ajratib, maydalab to`g`rang-da, shokolad bo`laklari, shakar va dolchinni qo`shing.

5. Xamirning katta bo`lagini aylana shaklida yoying. Yog`langan qolipga joylashtirib, atrofini ko`tarib chiqing. Olxo`rili aralashmani soling.

6. Ikkinchi zuvala xamirni yupqaroq qilib yoying. Eni 3-4 sm.lik tasmalar kesib oling. Va pirog yuzini xamirli tasmalar bilan yoping. So`ngra tuxum sarig`i yoki qaymoq surting-da, 35-45 daqiqaga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Pishgach, olovni o`chirib, yana o`n daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat.

6 kishilik.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!