Italiya mafiyasi sardori polisiyadan qochib 5 yil shkafning ichida yashadi

12:30, 08 oktabr

Turmadan qochganligi uchun polisiya tomonidan qidiruvda bo`lgan Italiya mafiyasining nufuzli sardorlaridan biri shkafga o`xshab yasalgan kichkina xonada 5 yil davomida yashirinib yotgan, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Yirik jinoiy to`daning rahbari bo`lgan Antonio Pelle noqonuniy ravishda qurol saqlagani va giyohvandlik moddalarini sotganligi uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ammo u 2011 yilda jazoni o`tayotgan qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo`lgan. Shundan beri, Italiya polisiyasi tomonidan eng xavfli jinoyatchilardan biri sifatida qidirilgan. 

Ma`lum bo`lishicha, qo`lga tushmas mafiya sardori, besh yil mobaynida o`zining shaxsiy villasidagi xuddi shkafga o`xshab yasalgan, kichkina xonada yashirinib yotgan. Bu erda ko`rpa-to`shak, ventilyator va suv zahirasi bo`lgan. Polisiyachilar Pellening uyida bir necha marotaba tintuv o`tkazganiga qaramay, uning yashiringan joyini oradan besh yil o`tgachgina, aniqlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!