Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisiga borish fikridan qaytdi

12:54, 08 oktabr

Gruziya respublikasining sobiq prezidenti, ayni paytda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori bo`lgan Mixail Saakashvili vataniga ketish fikridan qaytib, Ukrainada ishini davom ettirishni ma`lum qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Men Ukrainaga shunchaki mehmonga kelmaganman, shuning uchun jang maydonini tark etmasligim kerak, deb hisoblayman. Biroq saylovdan keyin o`z hisobimdan mehnat ta`tili olib, albatta, Gruziyaga boraman. Ona vatanimga xizmat qilishni burchim, deb bilaman. Vatanimda menga birov yomonlik qilmaydi, polisiya ham, armiya ham men tomonda, ya`ni qonun tarafida. Gruziyaning yangi hukumati a`zolari orasida ayollar ko`p bo`ladi, chunki ularda erkaklarga nisbatan insoniy his-tuyg`ular yaxshiroq rivojlangan. 8 oktyabr kuni Gruziyada o`tkazilishi rejalashtirilgan parlament saylovi natijalarini himoya qilish maqsadida Tbilisiga borishim lozim, deb o`ylayman ”, dedi Saakashvili.   

30 sentyabr kuni Gruziyaning sobiq bosh vaziri Bidzin Ivanishvili Saakashvili vataniga qaytadigan bo`lsa, qamoqqa olinishi haqida eslatgan edi. Parlament saylovlarida “Gruzin orzusi” partiyasi bilan Odessa viloyati gubernatori rahbarlik qilayotgan “Yagona milliy harakat” oppozision partiyasi bosh raqobatchilar hisoblanadi.

Mixail Saakashvili 2004 yildan 2013 yilgacha Gruziya prezidenti lavozimida xizmat qilgan. Lavozimidan bo`shatilgandan keyin vatanida yashamagan. Yangi hukumat Saakashvili guruhida ishlagan bir qancha yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atgan. Sobiq prezidentga nisbatan esa mamlakat ichisida qidiruv e`lon qilingan. 2015 yilning 4 dekabrida Gruziya hukumati rahbari Georgiy Margvelashvili sobiq prezidentdan Gruziya davlati fuqaroligini olib tashlash haqidagi qarorga imzo chekkan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!