Xames Rodriges Urugvay bilan o`yinda ishtirok etmaslikka qaror qildi

13:24, 08 oktabr

Kolumbiya terma jamoasi hamda “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges mamlakat termasining Urugvayga qarshi JCh–2018 turniri saralash bosqichi doirasidagi o`yinda ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Ma`lum bo`lishicha, Xames boldiridagi jarohati tufayli tavakkal qilish niyatida emas. Yaqin kunlarda u Kolumbiya ixtirini tark etib, Ispaniyaga – “Real” qarorgohiga qaytadi.

Ma`lumot uchun, Kolumbiya va Urugvay 11 oktyabr kuni o`zaro bahs olib boradi. Bundan avvalgi bahsda Kolumbiya Xames Rodrigessiz Paragvayni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!