Fransiya chempioni braziliyalik iqtidor uchun 60 mln evro to`lashga tayyor

14:21, 08 oktabr

Fransiyaning “PSJ” jamoasi “Liverpul” klubining braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“iSport.ua” nashrining ma`lum qilishicha, parijliklar Koutino uchun mersisaydliklarga ajoyib taklif tayyorlab qo`ygan.  Yozgi transfer mavsumida “PSJ” Koutinoni 25 mln evroga sotib olmoqchi bo`lgandi, ammo “Liverpul” taklifni rad etgan.

Bu safar parijliklar 24 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro taklif qiladi. Joriy mavsumda iqtidorlik futbolchi APLning 7 o`yinida maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!