Lola farzandlarining suratlarini internetga joylashtirmasligiga izoh berdi

15:56, 08 oktabr

Xonanda Lola farzandlari Shahina va Shohdiyorning suratlarini ijtimoiy tarmoqladagi sahifalariga deyarli umuman joylashtirmaydi. Buning sababi bilan qiziqqan muxlislarga xonanda javob qaytardi.

“Nima uchun ularning farzandlarimning suratlarini kam joylashim bilan qiziqishadi. Men ularni atayin ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyot qilaman. Men farzandlarimni internetda piar qilmayman, ularning hayotlaridagi tafsilotlar bilan bo`lishmayman. Sababi ularni juda yaxshi ko`raman va asrayman... Biroq bilasizmi, ba`zida ularni rasmini qo`ygim kelib shunaqa qo`llarim qichiydiki. Bu baxt va u sokinlikni yaxshi ko`radi”,—deb yozdi Lola.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!