O`zbekistonda avtotransport vositasini olib qochganlik uchun jazo kuchaytiriladi

16:46, 08 oktabr

O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi («Transport vositasini olib qochish»)ga o`zgartish kiritish to`g`risidagi qonun loyihasini ko`rib chiqmoqda. O`zgartish kiritish to`g`risidagi taklif parlament quyi palatasiga Bosh prokuratura tomonidan ilgari surildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

«Olib borilgan tahlillarga ko`ra, so`nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan», — Qonunchilik palatasi axborot xizmati deputat Sherzod To`xtashev so`zlaridan iqtibos keltiradi.

Qonun loyihasiga ko`ra, og`irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda — 3−5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo`lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda — 5−10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo`lsa, 15 yildan 20 yilgacha (amalda — 10−15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko`zda tutilmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!