Lola Karimova-Tillaeva otasining qabrini ziyorat qilish chog`ida yuz bergan ta`sirli holat haqida so`zlab berdi

20:26, 08 oktabr

Bugun 8 oktyabr kuni Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillaeva va uning turmush o`rtog`i Temur Tillaev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi. Ziyorat chog`ida ro`y bergan ta`sirli holat internet foydalanuvchilari qalbini larzaga keltirdi.

“Bugun turmush o`rtog`im va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. O`sha damlarda qalbimizdan kechgan hissiyotlarni so`z bilan ifodalash qiyindir. Qo`limdagi gulga kelib qo`ngan oq kapalakni biz dadamlarning u dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qaerda bo`lmayin, ular hamisha qalbimdalar”,—deb yozdi Lola Karimova-Tillaeva.



 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!