JCh–2018. Angliya terma jamoasi yangi bosh murabbiy qo`li ostida Maltani mag`lubiyatga uchratdi

23:45, 08 oktabr

UEFA mintaqasi – Evropadan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi "F" guruhi 2-turida Angliya terma jamoasi Maltaga qarshi bahs olib bordi.

Garet Sautgeyt bosh murabbiyligi ostida maydonga tushgan inglizlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga 29-daqiqada Daniel Starrij hamda 38-daqiqada Dele Alli mualliflik qildi.

JCh–2018 saralashi. “F” guruhi, 2-tur

Angliya – Malta 2:0

Gollar: 1:0 – 29 Starrij, 2:0 – 38 Alli.

Angliya – Xart, Stounz, Bertran (Rouz, 19), Uoker, Keyxill, Alli, Xenderson, Lingard, Uolkott (Reshford, 68), Starrij (Vardi, 74), Runi.

Malta – Xogg, Kamilleri, Muskat, Borg, Adjius, Kristensen, Muskat, Fenech, Shiberras, Effiong, Shembri.

Ogohlantirishlar: Borg (55).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!