JCh–2018. Germaniya o`z maydonida Chexiyani yirik hisobda mag`lubiyatga taslim qildi (Video)

08:35, 09 oktabr

Germaniya terma jamoasi JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 2-turida Chexiya futbolchilarini o`z maydonida qabul qildi va yirik hisobda g`alabaga erishdi.

Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. Germaniya terma jamoasi tarkibida Tomas Myuller dublga erishgan bo`lsa, Toni Kroos bitta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Germaniya o`tkazilgan ikki turdan so`ng 6 ochko jamg`argan holda o`z guruhida peshqadamga aylandi.

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi, 2-tur

Germaniya – Chexiya 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar:  1:0 – 13 Myuller, 2:0 – 49 Kroos, 3:0 – 65 Myuller. 

Germaniya – Noyer, Boateng, Xektor (Xevedes, 68), Xummels, Kimmix, Xedira, Kroos (Gyundogan, 76), O`zil, Draksler (Brandt, 80), Getse, Myuller.

Chexiya – Vaslik, Sivok, Novak, Suxi, Kaderjabek, Petrjela (Skalak, 69), Pavelka (Droppa, 63), Dochkal, Gorshava, Kreychi, Vidra (Kadles, 76).

Ogohlantirishlar:   Kaderjabek (19), Pavelka (54).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!