Rossiya terma jamoasi Cherchesov qo`li ostida birinchi mag`lubiyatni qabul qilib oldi

21:03, 09 oktabr

Futbol bo`yicha 2018 yili bo`lib o`tadigan Jahon chempionati mezboni – Rossiya terma jamoasi o`z maydonida Kosta-Rika bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazdi.

Krasnodardagi yangi stadionda bo`lib o`tgan o`yinda rossiyaliklar 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerakki, Rossiya termasi Stanislav Cherchesov qo`li ostida birinchi marta mag`lubiyatga uchradi.

Rossiya – Kosta-Rika 3:4

Gollar: 0:1 – 22 Asofeyfa, 0:2 – 29 Ruis, 1:2 – 31 Samedov, 1:3 – 45, avtogol Berezuskiy, 2:3 – 48 Dzyuba, 3:3 – 61 Dzyuba, 3:4 – 90, penalti Kempbell.

Rossiya – Janaev, Kutepov, Berezuskiy, Smolnikov, Petrov, Gazinskiy, Zobnin, Eroxin (Jirkov, 82), Samedov (Ozdoev, 88), Shatov (Poloz, 56), Dzyuba (Kanunnikov, 89).

Kosta-Rika – Navas, Kalvo, Akosta (Uoston, 69), Matarrita (Ovedo, 75), Gonsales, Borxes (Gusman, 78), Venegas, Ruis (Kempbell, 70), Asofeyfa (Texeda, 66), Salvaterra, Urenya (Uolles, 70).

Ogohlantirishlar: Venegas (45), Kempbell (77), Smolnikov (85).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!