JCh–2018. Islandiya “ertagi” davom etadi, Serbiyada qiyin g`alaba

09:28, 10 oktabr

JCh–2018 turniriga Evropa mintaqasidan saralash bosqichi 3-tur uchrashuvlaridan yana bir nechtasi o`z nihoyasiga etdi.

Jumladan, Islandiya terma jamoasi o`z maydonida Turkiyani 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, Serbiya qiyin kechgan o`yinda Avstriyani 3:2 hisobia taslim qildi.

Avvalroq 3-tur doirasida Ispaniya va Italiya terma jamoalari g`alaba qozongani haqida xabar bergandik.

JCh–2018 saralashi. 3-tur uchrashuvlari

Islandiya – Turkiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 41, avtogol To`prak, 2:0 – 44 Finnbogason.
Islandiya – Xaldersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason, Byarnason, Byarnason (Magnusson, 86), Sigurdsson, Gudmundsson, Finnbogason (Kyartansson, 68), Bedvarsson (Sigurdarson, 62).
Turkiya – Babajan, To`prak, Erkin, O`zbayroqli, Oyxon, To`pal, O`ztekin (To`sun, 59), Shen (Erdinch, 67), Mo`r, Chalxono`g`lu, To`fon (Jigerji, 45).
Ogohlantirishlar: Byarnason (38), Shen (40), Mor (54), Byarnason (76).

Serbiya – Avstriya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Mitrovich, 1:1 – 15 Zabitser, 2:1 – 23 Mitrovich, 2:2 – 62 Yanko, 3:2 – 74 Tadich.
Serbiya – Stoykovich, Rukavina (Maksimovich, 90), Nastasich, Ivanovich, Kolarov, Kostich (Katai, 66), Feysa, Tadich, Milivoevich, Mitrovich, Mitrovich (Gudel, 77).
Avstriya – Ozjan, Vimmer, Klyayn, Dragovich (Predl, 71), Alaba, Zabitser, Baumgartlinger (Ilzanker, 58), Arnautovich, Yunuzovich (Shopf, 63), Xinteregger, Yanko.
Ogohlantirishlar: Tadich (35), Milivoevich (37), Baumgartlinger (39), Ilzanker (77), Kolarov (80).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!