Suratlardan qaysi biri sizga yaqin? Tanlang va xarakteringizdagi ayrim xususiyatlar bilan tanishing.

09:50, 10 oktabr

1.         Saxiy va mantiqli insonsiz. Har doim yaxshilikka intilasiz. Atrofingizdagilar siz bilan murosa qilish qiyin deb o`ylashadi, ammo aslida sizga o`zingiz bilan o`zingiz bo`lish qiyinroq. Siz atrofingizdagi olamni yaxshilash uchun tinmay ishlaysiz. Biror kimni yaxshi ko`rsangiz, u sizni xafa qilsa ham yaxshi ko`rishda davom etaverasiz. Juda kam odamlar qilayotgan ishingizni tushunishadi, harakatlaringizni ko`pchilik anglamasa ham tanlagan yo`lingizda chalg`imang.

2.         Qiziquvchan va xaqiqatgo`y. Boshqalarga g`amxo`rlik qilishni sevuchi insonsiz. Jonkuyarligingiz bois darrov mas`uliyatni o`z bo`yningizga olasiz.

3.         Aqlli va o`ylanuvchan. A`lo darajada fikrlaysiz. G`oyalaringiz ustida yolg`iz o`tirib bosh qotirishni xush ko`rasiz. Faqat, o`rganish va o`qishni sevuvchilar bilan chiqishasiz. Biror bir narsaning tub mohiyatiga etmaguningizcha o`ylayverasiz. Ko`pchilik sizga qarshi bo`lsa ham, qilayotgan ishingizni to`g`ri deb hisoblaysiz.

4.         Idrokli va falsafiy. Noyob qalb egasisiz. Atrofingizda sizga oz bo`lsa-da o`xshash inson yo`q. Bir oz g`alati va tavakkalchi insonsiz. Ko`pincha sizni noto`g`ri tushunishadi.

5.         O`ziga ishongan. Mustaqil insonsiz. Xayotdagi tamoyilingiz «o`zim uddalayman». Faqat o`zingizga suyanasiz. Sevgan insonlaringiz uchun kuchli bolishni bilasiz. Yaqinlaringizdan talab qiladigan yagona narsangiz samimiyatdir. Haqiqatni eshitishga doimo tayyorsiz.

6.         Ochiqko`nil va sezgir. Insonlar bilan osongina aloqaga kirishasiz. Do`stlaringiz juda ko`p, ularning hayotini yaxshilashga harakat qilasiz. Ruhiy quvvatingiz baland. Yaqinlaringiz yoningizda o`zlarini xotirjam his qilishadi. Kundan-kun o`sishni, o`z ustida ishlashni yaxshi ko`radigan shaxssiz. Biroq shaxsiy hayotingizda mehr-muhabbat etishmasligini inkor etib bo`lmaydi. Ta`sirchanligingiz bois ishonuvchanligingiz ham bor. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!