Xitoy sharqida to`rtta turar-joy quladi

09:57, 10 oktabr

Chjeszyan provinsiyasida to`rtta turar-joy qulashi oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi, deb yozadi dushanba kuni “Chjeszyan szishi bao” nashri.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 4.00 dushanba kuni sodir bo`ldi.

Avvalroq Sinxua agentligi olti kishi qutqarilgani haqida xabar berdi. “Chjeszyan szishi bao” ma`lumotlariga ko`ra, vayronalar ostidan to`qqiz kishi qutqarib qolingan va zudlik bilan kasalxonaga etkazilgan, ammo to`rt kishi keyinroq vafot etdi.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, unda umumiy hisobda 700 kishi va spestexnika qatnashdi.

Voqea sabablari o`rganilmoqda. Avvalroq Sinxua agentligi vayronlara ostida 20 kishi borligini ma`lum qilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!