“Real” himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya termasi safida jarohat olib, 1 oyga safdan chiqdi

10:27, 10 oktabr

Ispaniya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos Albaniyaga qarshi (2:0) kechgan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 3-turida jarohat oldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ramos o`yinning 80-daqiqasida maydonni tark etgan. Uchrashuvdan so`ng tibbiy u ko`rikdan o`tdi. Unga tizza jarohati tashxisi qo`yildi.

Tibbiy xulosalarga ko`ra,  Serxio Ramos bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Shu tariqa, u “Real”ning bo`lajak o`yinlarini o`tkazib yuboradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!