Jerar Pike Ispaniya termasida nafaqaga qachon chiqishini ma`lum qildi

10:40, 10 oktabr

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike Albaniyaga qarshi (2:0) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 3-turidan so`ng termadagi faoliyatini qachon yakunlashini ma`lum qildi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

“Rossiyadagi JCh–2018 turniri men uchun Ispaniya termasidagi so`nggisi bo`ladi. Bu haqda ko`p o`yladim va qiyin bo`lishiga qaramay qarorni qabul qildim”, – deya ma`lum qildi “Barselona” futbolchisi.

29 yoshli Pike Ispaniya termasi safida 2009 yildan buyon to`p surib kelmoqda. Mamlakat termasi safida u 85 o`yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan.

Jerar Pike, shuningek, Ispaniya termasi tarkibida 2010 yilgi Jahon chempionati va 2012 yilgi Evropa chempionati g`olibi bo`lgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!