AQSh va Buyuk Britaniya oktyabr oyida Qirg`izistonda sodir etilishi mumkin bo`lgan teraktdan ogohlantirdi

11:07, 10 oktabr

Qirg`izistonning AQSh va Buyuk Britaniyadagi elchixonalari o`z fuqarolarini oktyabr oyida mamlakat hukumatiga, chet el diplomatlariga qarshi teraktlar uyushtirilishi, odam o`g`irlanishi, garovga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.  

30 avgust kuni Xitoyning Bishkekdagi elchixonasi oldida xudkush-terrorchi mashinaga o`rnatilgan kuchli portlovchi qurilmani ishga solib, terakt sodir etgandi. Oqibatda elchixona xizmatchilaridan 3 kishi va xudkush-terrorchi voqea joyida halok bo`lgan, elchixona binosiga jiddiy zarar etkazilgan edi. 

“Biz Qirg`izistonda yangi teraktlar sodir etilishi mumkinligi haqida aniq dalillarga ega bo`lmasak-da, fuqarolarni hushyorlikka chorlaymiz. Odamlar ko`p to`planadigan jamoat joylarida hukumat vakillarining xavfsizlik chora-tadbirlari yuzasidan berayotgan ko`rsatmalariga qat`iy amal qilishni so`raymiz”, deyilgan Buyuk Britaniya elchixonasining saytida. 

Xuddi shunday xabar yakshanba kuni AQSh elchixonasining saytida ham paydo bo`lgan. Elchixona o`z fuqarolariga Qirg`izistonning janubidagi O`sh, Botkent, Jalolobod viloyatiga uyushtiriladigan sayohatlarda ehtiyot bo`lish so`ragan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!