Neymar yozda “Real”ning aqlbovar qilmas taklifini rad etagni ma`lum bo`ldi

11:26, 10 oktabr

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymar yozgi transferda “Real Madrid” jamoasidan jiddiy taklifni rad etgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, “Championat.com” xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, madridliklar braziliyalik futbolchiga yillik 32 mln evro maosh va 40 mln ko`tarma pulini taklif qilgan. PSJ va “MYu” esa bundanda yaxshi – yiliga 40 mln evro va 40 mln evro ko`tarma puli taklifini bildigan.

Ma`lumot uchun, mazkur takliflar Neymar “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirmasidan oldin berilgandi. Ayni damda Neymar kataloniyaliklar safida yiliga qariyb 16 mln evro maosh olmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!