Italyancha taom - ugra va tovuq go`shti qiymasidan

12:17, 10 oktabr

Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go`shti qiymasi, 400 gr. qush uyasi shaklidagi ugra, 1,5-2 stakan sho`rva yoki suv, 1 bosh piyoz, 1 donadan sabzi va bulg`or qalampiri, o`simlik yog`i, tuz, ziravorlar.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shti qiymasidan «yong`oq»lar yasang.

2. Piyoz va bulg`or qalampirini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Sabzini qirg`ichdan o`tkazing. Keyin qizdirilgan o`simlik yog`ida sabzavotlarni qovuring. Suv yoki sho`rvaning yarmini soling. Ziravorlarni ham qo`shib, past olovda qaynating.

3. Endi ugralarni joylaysiz-da, qolgan suyuqlikni quyasiz. Va ustidan qiymali yong`oqlarni terib, qopqog`ini yopib, past olovda dimlaysiz. 25 daqiqalarda pishadi.

4 kishilik

40 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!