Iordaniya qiroli Nazarboev nomli mukofotning ilk laureatiga aylandi

13:52, 10 oktabr

Iordaniya qiroli Abdulla II ibn Husayn yadro qurolsizlanishi va xavfsizlik choralariga qo`shgan xizmati tufayli Qozog`iston respublikasi Nazarboev nomli mukofotining ilk laureatiga aylandi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Bu haqda Qozig`iston prezidenti Akordda bo`lib o`tgan, faxriy yorliqlarni topshirish marosimida ma`lum qildi. Rasmiy marosimda Avstriya, Vatikan, Germaniya, Gresiya, Gollandiya, Shvesariya, Yaponiya va Qatarning muxtor elchilari ishtirok etdi.  

“Men yadro qurosizlanishi va xavfsizlikka qo`shilgan xizmatlar uchun maxsus mukofotni ta`sis etishga qaror qildim. Bu Qozog`istonning xalqaro mukofoti hisoblanadi. Maxsus mukofot har yili “Yadro sinovlariga qarshi kurash kuni”, ya`ni 29 avgust kuni o`z egalariga topshiriladi”, dedi Qozog`iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!