Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari Kompleksining 9 oy yakunlari tahlil etildi

14:00, 10 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari Kompleksining 2016 yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash borasida Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Joriy yilning 9 oyida Kompleks bo`yicha jami 4,6 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko`rsatildi. O`sish sur`ati 2015 yilning shu davriga nisbatan 127,6 foizni tashkil etdi. Aholiga 2,9 trillion so`mlik 

(122,7 foiz) pullik xizmatlar ko`rsatildi.

Investisiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo`yicha 247,3 million AQSh dollari miqdorida mablag` o`zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 115,5 foizga, eksport prognozi ko`rsatkichlari ham ortig`i bilan bajarilishiga erishildi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 9 oy davomidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, joylarda uyushmagan yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini muntazam o`rganib borgan holda ularni foydali mehnatga jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi alohida ta`kidlandi.

Majlisda madaniyat va san`at sohasini yanada keng rivojlantirish, bu masalani kompleks tarzda hal etish, insonlarni, ayniqsa, yoshlarni ma`naviy barkamol etib tarbiyalash, yoshlar ongiga Vatanga muhabbat tuyg`usini yanada chuqurroq singdirish, muzeylar vositasida xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va hozirgi hayotini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijod ahliga, ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko`rsatish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Yoshlarni teatr va muzeylarga kengroq jalb qilish, yoshlar talabiga javob beradigan asarlar yaratish, estrada yo`nalishini tartibga solish, bunda yaratilayotgan qo`shiqlarning badiiy-g`oyaviy saviyasini oshirish, muzeylar, teatrlar va kinoteatrlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida o`zaro muloqotlari uchun qulay, ishonchli ma`lumotlarga boy bo`lgan mahalliy ijtimoiy tarmoqlar yaratish kabi masalalar batafsil muhokama qilindi.

Kompleks yig`ilishida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini izchil rivojlantirish, davlat va xo`jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan dolzarb vazifalarning borishi, xodimlarning kompyuter savodxonligi bo`yicha bilim darajasini oshirish natijalari kabi masalalar tahlil qilindi.

Interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari hamda aholi uchun byurokratik to`siq va g`ovlarni bartaraf etish, ularni axborot bilan ta`minlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Yig`ilishda “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy maqolalarni, ko`rsatuv va eshittirishlarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, xorijiy davlatlarda keng targ`ib qilish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi.

Yig`ilishda Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda 2016 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini to`la amalga oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!