Ueyn Runining 6 yashar o`g`li “Manchester Yunayted” futbol akademiyasi a`zosiga aylandi

14:26, 10 oktabr

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runining o`g`li Kay otasi to`p surayotgan “Manchester Yunayted” futbol klubining bolalar akademiyasi a`zosiga aylandi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, “MYu” bolalar akademiyasida asosiy jamoaning boshqa bir futbolchisi – Maykl Kerrikning o`g`li Jeymi ham shug`ullanmoqda.

Ma`lumot uchun, 30 yoshli Ueyn Runi 2004 yildan buyon mankunianlar sharafini himoya qilib kelmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!