Buxoro viloyatida yuz bergan o`g`irlik "issiq izida" fosh etildi

14:44, 10 oktabr

Buxoro viloyati Olot tumani IIBga Jumabozor qishlog`ida yashovchi fuqaroning uyiga noma`lum shaxs yashirin ravishda kirib, yotoqxonasidan ko`p miqdordagi pullarini o`g`irlab ketganligi haqida xabar kelib tushib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati. 

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi 21 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindi. 

Hozirda uning boshqa mulkiy turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!