Buryatiyada qadimiy mo`miyo harakatga keldi(Foto)

15:05, 10 oktabr

Buryatiyaning budda monastridagi videokuzatuv kamerasi Sharqiy Sibir buddistlarining rahnamosi bo`lgan, 1927 yilda vafot etgan Xambo-lama Itigelovning  mo`miyosi harakatlanganini suratga oldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Bu haqda Pandito Xambo-lama Damba Ayusheev o`zining Facebook sahifasida xabar qoldirgan.

“Sensasiya! Xamba Lama Itigelovning mo`miyosi harakatga kelib, saroyni aylanib yuribdi. Bu voqea 2016 yilning 9 oktyabr kuni, soat 20.05.51 da videokuzatuv kamerasida suratga olingan. Kuzatuv kamerasi qo`yilgandan beri, bu mo`miyoning ilk marotaba qo`zg`alishidir”, deb izoh qoldirgan Xambo-lama. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini “Nima uchun mo`miyo kamuflyaj kiygan?” degan savol qiziqtirgan. Ular bu mo`miyo emas, balki videokuzatuv kamerasi yonidan o`tib ketayotgan bino qorovuli bo`lsa kerak, degan fikrga kelgan. Ba`zilar esa murdaning harbiy kiyim kiyishi “Kelajakda urush bo`lishidan” darak beruvchi belgi, deb qabul qilgan.

Budda diniga sig`inuvchilar uchun bu mo`miyo juda muqaddas hisoblanadi. Rivoyatlarga ko`ra, Pandito Xambo lama Dasha-Jorjo Itigelov 1927 yilning 15 iyun kuni o`quvchilarini yig`ib, “nilufar guli holati”da o`tirib, vafot etganlar xotirasiga bag`ishlab o`qiladigan duolarni o`qishni iltimos qilgan. Shundan keyin abadiy uyquga ketgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!