«Uzumzor» salati - romantika oqshom dasturxoniga

16:24, 10 oktabr

Zarur masalliqlar: 300 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 150 gramddan qattiq pishloq, uzum va yong`oq,  3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini somoncha shaklida maydalab to`g`rang-da, stakanga soling. Ustidan ozgina mayonez solasiz.

2. Tuxumni ham maydalab to`g`rab, salat ustiga solib, yana mayonezdan «panjara» torting. Yong`oq mag`zini quruq tovada qovurib olib, maydalab salat ustidan sepasiz.

3. Qattiq pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, qo`shing. Salat yuzini uzum donalari bilan bezab, idishi bilan yarim soatga muzlatkichga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa

3 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!