4 yoshli xitoylik bolakay ota-onasining mashinasini olib qochdi

16:24, 10 oktabr

Xitoylik 4 yoshli bolakay ota-onasining mashinasini olib qochdi. Ancha joygacha haydab borib, mashinani pachoqlashiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi “Mir24.tv” nashri. 

Hodisani videokuzatuv kamerasi suratga olgan. Kadrda erkak va ayolning bir necha daqiqaga mashina salonini tark etgani aks etgan. Ular mashinadan tushgan zahoti, avtomobil harakatga kelgan, rulda ularning 4 yoshli o`g`li bo`lgan.

“Mashinaning yurib ketayotganini ko`rganimizdan keyin qo`rqqanimizdan ortidan yugurdik. Uni to`xtatishga harakat qildik, ammo buning uddasidan chiqolmadik. Farzandimiz avtomobillar serqatnov bo`lgan katta yo`lga chiqib ketishidan juda ham qo`rqdik. Baxtimizga yo`lda uchragan yo`lovchilar uni to`xtatishga muvaffaq bo`ldi”, deydi bolaning onasi.

Hodisa oqibatida bola jabrlanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!