London klublaridan biridagi qo`riqchilar qizning semizligini bahona qilib, uni klubga kiritmadi

16:50, 10 oktabr

Britaniyalik 20 yoshli Bobbi Jo Goldsmit (Bobbi Jo Goldsmith) tug`ilgan kunini nishonlash uchun Londondagi Libertine nomli klubga buyurtma berganiga qaramay, qo`riqchilar uni semizlikda ayblab, ichkariga kiritmadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Bu holatdan juda asabiylashdim, – deb ma`lumot berdi qiz jurnalistlarga, – Eshik yonida turgan qo`riqchi boshdan-oyog`imgacha nazar tashlab, ichkariga kirish uchun juda semizligimni bahona qildi va tug`ilgan kunimni chippakka chiqardi. Bu gaplar menga juda yomon ta`sir qildi deya olmayman, ammo bu holat boshqa qizlarga ma`naviy zarar etkazishi mumkin. 2016 yilda ro`y berayotgan bunday voqea kishi dilini xufton qiladi”.

Qizning onasi qo`riqchilarning harakatidan norozi bo`lgan. Qizining kiyimlar o`lchami 46 ekanligini, jismoniy mashqlarni muntazam bajarishini, sport musobaqalarida faol ishtirok etishini tushuntirishga harakat qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!