Polshalik futbolchi Arkadiush Milik ertaga jarrohlik stoliga yotadi

17:23, 10 oktabr

Polsha terma jamoasi va “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik Daniyaga qarshi (3:2) JCh–2018 turniri saralash bosqichida jarohat olgandi.

“iSport.ua” nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi ertaga jarroh stoliga yotadi. Uning chap tizza xochsimon to`qimalari uzilgan edi.  Buni neapolliklar matbuot xizmati ham tasdiqladi.

Futbolchining operasiyadan so`ng tiklanishi uchun kamida bir oy kerak bo`ladi

Joriy mavsumda Arkadiush Milik A Seriyaning 7 o`yinida maydonga tushib, to`rtta gol urishga muvaffaq bo`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!