O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali suxbatda bo`ldi

21:45, 10 oktabr

2016 yil 10 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida Qozog`iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. 

Davlat rahbarlari yaqinda oliy darajada o`tgan uchrashuvlar chog`ida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama etdilar. 

Tomonlar O`zbekiston va Qozog`iston delegasiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo`nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berdilar. 

Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

O`zbekiston va Qozog`iston rahbarlari o`zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, do`stlik va yaqin qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash to`g`risida kelishib oldilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!