Gao Xongbo: Avvalgi natijalar tarixda qoldi, ertangi o`yinda g`alaba uchun maydonga tushamiz

22:29, 10 oktabr

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Gao Xongbo ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Avvalo Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillariga, shuncha uzoq yo`l bosib kelishgani uchun alohida tashakkur aytaman. Ertaga ikkala jamoa uchun qiyin va muhim bahs bo`ladi. Jang Lingpeng sariq kartochkalar ikkitaga etgani bois maydonga tusha olmaydi. U Xitoyda qoldi, qolgan barcha futbolchilar Toshkentda va ertangi o`yinga tayyor”.

“Uchta turdan so`ng bu bosqichdagi jamoalar juda tezkor futbol ko`rsatishayotganini ko`rish mumkin. Barcha jamoalar jarima maydoni atrofida va uning ichida samarali o`ynayapti. Biz o`tkazilgan barcha o`yinlarni tahlil qilib chiqdik va omadsiz o`yinlarimiz sabablarini o`rgandik”.

“Ushbu bosqichda endi har bir o`yinda g`alaba qozonish kerak. Oldingi natijalar qanday bo`lgan bo`lsasa ham, ular tarixda qolgan. Uchinchi bosqichda ishtirok etayotganimizdan baxtiyormiz. Har bir o`yinga g`alaba uchun maydonga tushamiz. Ha, o`tgan o`yinda yutqazdik. Futbolchilarning hafsalasi pir bo`lgan bo`lishi mumkin. Ammo shogirdlarim bunday vaziyatdan chiqib keta olishadi”.

“Bizning murabbiylar shtabimizda texnik guruh mavjud. Bu guruh bizga Eron bilan o`yinni kuzatdi va tahlillar qilib chiqishdi. O`zbekiston terma jamoasi safida Xitoy Superligasida o`ynaydigan futbolchilar bor. Ular sizlarga yordam berishi mumkin. Bizda esa bunday futbolchilar yo`q. O`zbekiston safida 9 va 15-raqamli futbolchilar xavfli. Lekin 15-raqamli futbolchi ertaga maydonga tushmaydi”, – deydi Xitoy terma jamoasi murabbiyi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!