Hayot go`zalligini his qilishning 5 usuli

09:59, 11 oktabr

1.      O`zlikni sevish san`atini o`rganing. Har tong «Hayotim asosi — o`zim» deyishni o`rganing. «Men kuchliman», «Men o`zimni sevaman» kabi gaplar ham yaxshi natija beradi.

2.      Osoyishtalikni saqlang. Ichki xotirjamlik har qanday sharoitda ham qo`l keladi. O`tirib, ko`zingizni yuming. So`ng tanangiz bo`ylab yorqin nur tarqalayotganini his qiling. 10 daqiqalik bunday meditasiya kuch-quvvat va kayfiyat bag`ishlaydi.

3.      Ko`tarinki kayfiyat. Bir necha soniya ichida bunga erishish usulini bilasizmi? Tik turgan holda chuqur nafas olib, kulishga harakat qiling. Agar g`amginlik sizni tark etmasa, albatta, shu usuldan foydalaning.

4.      Hayotingizni 180 darajaga o`zgartiring. Agarda siz kundalik, doim bir xil voqealar va holatlardan chiqib keta olmayotgganingizni his qilsangiz, unda hayotingizga o`zgartirish kiriting. Yotoqxonada karavotingizni o`rnini o`zgartiring, ishga borayotganda esa boshqa  yo`nalish orqali boring. Kichik o`zgartirishlar, katta o`zgarishlarga sabab bo`ladi.

5.      Orzularingizni aniqlang. Maqsad va orzularingizni oldingizga aniq qo`ying. Ularni, hatto, qog`ozga yozib quyib, kunda bir marta ularga nazar tashlash ijobiy natijalarga olib keladi.

Shu barcha maslahatlarimizga amal qilsangiz, hayot naqadar go`zal ekanligini anglab etasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!