Qariyalar uyidagi 114 yoshli ayol 71 yoshli erkakka turmushga chiqdi

10:12, 11 oktabr

Xitoyning Uyg`ur avtonom okrugi Sinszyandagi qariyalar uylardan birida 114 yoshli ayol va 71 yoshli erkak turmush qurishdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Erkak bo`lg`usi turmush o`rtog`ini bir ko`rishda sevib qolganini tan oldi. 50 yil oldin temiryo`l halokati oqibatida jiddiy zarar ko`rgan pensionerning so`zlariga ko`ra, uning sevgilisi u qariyalar uyiga tushganida birinchilardan bo`lib unga g`amxo`rlik qila boshlagan.

Biroq erkak ayolni rozi qilishi uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Ayol taklifga rozi bo`lishi uchun uzoq vaqt talab etildi.

Keksalarning to`yida o`nlab tengdoshlari va qariyalar uyi xodimlari qatnashdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!