Imidjini o`zgartirgan Xosila Rahimova yangi klipida gitara chaladi(Foto)

10:17, 11 oktabr

Asosan folklor yo`nalishida ijod qiluvchi Xosila Raximova rok yo`nalishida qo`shiq kuyladi. “Xay- xaya” deb nomlangan mazkur taronaga klip ham suratga olindi. Unda xonanda butunlay o`zgacha qiyofada namoyon bo`ladi, deb xabar beradi “Shok.uz”.

Mazkur klipda xonanda umuman yangi qiyofa, yangi ko`rinish va o`zgacha liboslarda ko`rinish beradi. Avvalari  qo`lida do`mbira ko`tarib kuylagan Xosila Raximova bu safar gitara chaladi. 

Nashrning xabar berishicha, mazkur tarona o`zbek shou-biznesida rok va folklor yo`nalishlari uyg`unlashgan ilk tarona hisoblanadi. 

Klipda xonandaning imidji bo`yicha Jamol Sharofutdinov, liboslar bo`yicha esa rassom Sevara Zunnunova ishlagan. 

Matn muallifi Xayot Shodmon, musiqa muallifi Faxriddin Alimardonov. Yangi klip tez kunlarda muxlislar e`tiboriga havola etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!