Tonggi tuhfa - tvorog va mayizdan pirog

10:18, 11 oktabr

Zarur masalliqlar: xamiriga: 3 stakan un, 250 gr. sariyog`, 1 stakan shakar, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; ichiga solishga: 500 gr. tvorog, 1 stakan shakar, 100 gr. mayiz, 3 dona tuxum, 1 choy qoshiq vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Xamir uchun mo`ljallangan mahsulotlar sovuq haroratda bo`lishiga e`tibor bering. Sariyog`ni maydalab, unga qo`shing. Yaxshilaab aralashtirgach, shakar va is`temol sodasini qo`shasiz-da, xamir tayyorlaysiz. Xamirni sellofanga o`rab, biroz muddatga muztlatkichga qo`yasiz.

2. Tvorogni tuxum, shakar va vanilin bilan ko`pirtiring. Yaxshilab ko`pirtirgach, ivitilgan mayizni qo`shing.

3. Xamirni uvadalab, uchdan ikki qismini to`rtburchak qolipga qolasiz. Atroflarini biroz ko`taring. So`ngra ustidan tvorogli aralashmani quying. Qolgan xamir uvog`ini ustidan sepib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-50 daqiqaga qo`ying.

1 soatu 30 daqiqa

8 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!