O`zbekistonliklar iqtidori bilan Rossiyani lol qoldirishda davom etmoqda (video)

10:20, 11 oktabr

O`zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri yakkaxoni Ramiz Usmonov “Rossiya K” kanalidagi “Katta opera” loyihasi ishtirokchisiga aylandi, deb xabar berdi “Myday.uz” nashri.

8 oktyabr kuni “Rossiya K” kanalining kechki efirida vokalchilarning yangi mavsum “Katta opera” tanloviga start berildi.

Bizning tenor Ramiz Usmonov bir qancha xalqaro mukofotlar sovrindori hisoblanadi. U 2012 yilda Almati shahrida o`tkazilgan B.Tulegenova nomli tanlovning bosh mukofotiga sazovor bo`lgan. 2013 yilda Avstriyada o`tkazilgan “Competizione dell`Opera” xalqaro tanlovida 2-o`rinni egallagan.

Bu dastur uch oy mobaynida har shanba kuni efirga uzatiladi. Uni tomosha qilib, Ramiz Usmonovni qo`llab-quvvatlaymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!