"Yuventus" 10 yoshli falastinlik vunderkind bilan shartnoma imzoladi (Video)

10:25, 11 oktabr

Italiya chempioni "Yuventus" Norvegiyada tug`ilgan falastinlik 10 yoshli Rashid Al-Xajaviyning internetga joylangan roliklarini ko`rib, yosh futbolchini Turinga taklif qildi.

"Sports.uz"ning xabar berishicha, ota-onasi bilan Turinga kelgan Rashidning harakatlari "Yuventus" murabbiylari va rahbarlariga ma`qul keldi va bolakay superklubga qabul qilindi. Rashid Al-Xajaviy "Yuventus" bolalar jamoasida to`p suradigan bo`ldi.

Mutaxassislar kelajakda bu futbolchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi darajasiga etishini aytishmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!