Turmushingizni o`zgartiruvchi 20 daqiqa

12:05, 11 oktabr
  1. Har kuni 20 daqiqa sport bilan shug`ullansangiz, salomatligingiz sizni bezovta qilmaydi.
  2. Har kuni 20 daqiqa uyingizni tozalash ishlari bilan shug`ullansangiz, xonadoningizda betartiblik kuzatilmaydi.
  3. Har kuni 20 daqiqa diqqatni jamlab, bir nuqtaga qarang, shunda sizning aqliy faoliyatingizda inqiroz kuzatilmaydi.
  4. Har kuni 20 daqiqa turmush o`rtog`ingizni jon qulog`ingiz bilan eshiting, natijada munosabatlarda muammolar kuzatilmaydi.
  5. Har kuni hech bo`lmaganda 20 daqiqa keraksiz axborotlarni eshitmaslikka harakat qiling, shunda miyangizni keraksiz ma`lumotlardan himoya qilasiz.
  6. Har kuni 20 daqiqa xarajatlaringizni hisob-kitob qilsangiz, moliyaviy muammolarga duch kelmaysiz.
  7. Har kuni 20 daqiqa hech narsani o`ylamasdan, ruhan va jismonan orom olsangiz, charchoq nimaligini unutasiz.
  8. Har kuni 20 daqiqa badiiy kitob yoki foydali qo`llanma o`qisangiz, tajribangiz oshadi, dunyoqarashingiz kengayadi.
  9. Har kuni 20 daqiqa tashqi ko`rinishingiz parvarishiga vaqt ajratsangiz, sog`lom va go`zal bo`lasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!