Krishtianu Ronaldu: Ikkita o`yin, olti ochko – ajoyib natija

12:43, 11 oktabr

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida o`tkazilgan so`nggi ikki o`yin natijasidan qoniqish hosil qilganini bildirdi.

 “Ikki o`yin, 6 ochko – ajoyib natija”, – deb yozdi Ronaldu “Tvitter”dagi sahifasiga.

Eslatib o`tamiz, Portugaliya dastlab Andorrani, keyin esa Farer orollarini bir xil – 6:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ronaldu birinchi o`yinda poker qayd etgan bo`lsa, ikkinchisida 1 ta gol urdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!