Rejissyor Shuhrat Abbosov “Mahallada duv-duv gap” filmining yangi talqinini suratga olmoqda

12:48, 11 oktabr

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov yangi loyihaga qo`l urdi. Yangi film haqida batafsilroq axborot olish uchun “Daryo” nashri rejissyor bilan bog`landi.

«‘Mahallada duv-duv gap’ filmining zamonaviy talqinini suratga olyapmiz. Yangi film nomi haqida hali bir to`xtamga kela olganimizcha yo`q, uni, ehtimol, ‘Ana syurprizu, mana syurpriz’ deb ham nomlanishimiz mumkin», — dedi film rejissyori.

Shuhrat Abbosovning qayd etishicha, filmda Husan Sharipov va Obid Asomovdan tashqari, aktrisalar Muqaddas Xoliqova, Madina Muxtorova va yana bir qator yosh aktyorlar rol ijro etadi.

Yangi «Mahallada duv-duv gap»ni suratga olish ishlari 10 kun Farg`onada, 10 kun Qo`qonda, yana 10 kun Toshkent shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!