Noodatiy reseptlar

14:17, 11 oktabr

1. Pomidor va kotlet

Pishgan kotletlarni ikkiga ajratilgan pomidor ichiga joylab, ustidan mayonez va pishloq qo`ying. Pomidorning ikkinchi bo`lagini yopib, tish kovlagich bilan mustahkamlaysiz.

2. Konvertli somsa

Qatlama xamirdan suratdagi kabi kesma yasab, ichiga qiyma va pishloq bo`lagini qo`ying-da, tuging.

3. Pishloqli gazak

Uchburchak shaklda kesilgan pishloqni pomidor va ko`katlar bilan bezating. So`ng uzunchoq pechene bilan birlashtirsangiz kifoya.

4. Sosiskali mini pissa

Dumaloq shaklda yoyilgan xamir ichiga qaynatilgan sosiskani joylab, suratdagi kabi tuging. So`ng ustidan kesib chiqing. Ichini pomidor, mayonez va pishloq bilan to`ldirasiz.

5. Shunaqasi ham bo`ladi

Uvalanuvchi xamirni konussimon qolipda pishirib oling. Korj ichiga kolbasa, pomidor, mayonez va pishloq solib, 10 daqiqa gaz pechiga qo`yasiz.

6. Qovurilgan olma

Paraklangan olmani xalqa shaklida kesib olib, un va dolchin aralashmasiga botiring. Qizdirilgan yoјda qovurib, yuzasiga shakar seping.

7. Piyozli garnir

Bir bosh piyozni suratdagi kabi kesing. Unga botirib, o`simlik yog`ida qovurib oling. Kotlet va teftellar uchun qarsildoq garnir bo`ladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!