Manikyur shakli xarakterga bog`liqmi?

15:20, 11 oktabr

1. KVADRAT ShAKLLI

Hissiyotlardan ko`ra aqlga tayanib ish ko`ruvchilar uchun hosdir. Bunday tirnoq shaklini xush ko`ruvchi xonimlar izlanuvchan, dunyo qarashi keng ayollar bo`lishadi. Yagona kamchiliklari oddiy holatlarga keragidan ortiq e`tibor ajratishadi.

 

2. TO`G`RI TO`RTBURChAK ShAKL

Bu turdagi manikyur obrazi hayotda aniq maqsadga ega ayollarda uchraydi. Tanlagan kasbi, turmush tarzini aniq belgilangan reja asosida olib borishadi. Xarakter jihatdan kirishimliligi ham muammolardan holi bo`lishga yordam beradi.

 

3. QIRRALI UChBURChAK ShAKL

Mazkur manikyur uslubini kayfiyati o`zgaruvchan bo`lgan xonimlar yoqtirishadi. Ularda jizzakilik hamda vaziyatni nazorat qila olmaslik holatlari uchrab turadi. Qirrali uchburchak shaklini esa o`ziga hos ustunlikday qabul qilishadi.

 

4. TIRNOQ ShAKLI – DUMALOQ

Ushbu tirnoq shaklini ma`qul ko`radigan ayollar juda ta`sirchandirlar. Ko`z yoshi ham, kulgusi ham yonma-yon. Ammo uzoq vaqt hafa bo`lib yurishmaydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!