Farzandingizni ajoyib shirinliklar bilan quvontiring

15:34, 11 oktabr

Olchali bulochka

Oshirma xamirni ikki qismga ajratib, biriga qizil ikkinchisiga esa yashil rang bo`yoqlaridan qo`shing. Qizil rangli xamirni tekis yoyib, ichiga olcha murabbosidan soling-da, rulet shaklida o`rang. Yashil ranglisini ham yoyib, ichiga olchali ruletni joylaysiz. Uni ham o`rab, qizdirilgan gaz pechiga qo`ying.

Kichkintoylar uchun sovg`a

Kakao qo`shilgan biskvit korjidan dumaloq shakl kesib oling. Yuzasini eritilgan shokolad bilan qoplang. Shokoladdan bezak qismlarini yasab, suratdagidek joylab olsangiz bo`lgani.

     Sevishganlar shirinligi

Uvalanuvchi xamir tayyorlab, rang beruvchi qizil bo`yoq qo`shing. Xamirni yoyib, yuzasiga eritilgan shokolad surting. Rulet shaklida o`rab, kesing-da, orasini xiyol kattalashtiring.

         Yong`oqli xalqalar

Yoyilgan pechene xamirini xalqa shaklida kesib chiqing. Quyiltirilgan sutga maydalangan yong`oqni aralashtirib, xalqa yuzasiga surting-da, qizdirilgan gaz pechida pishirib oling. Tayyor bo`lgach, eritilgan shokoladga belab olasiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!