Ko`z qizarganda 10 chora

15:58, 11 oktabr
  • Nega ko`zingiz qizaradi? Qachon: ertalabmi yoki ish jarayonidan keyinmi? Savollarni o`ylab ko`ring. Ko`zdagi qizillik ko`z kasalliklari, shamollash, allergiya bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
  • Ko`z shilliq qavati quruqlashib qolsa ham, qizillik yuzaga keladi. Ko`zda qichishish kuzatilsa, bezovtaliklardan darak bo`ladi. Shuningdek, kondisioner, tamaki tutuni, havo namligining me`yorda emasligi kabilar ham ko`z qizarishini keltirib chiqaradi.
  • Bezovtaliklarni bartaraf etishda ko`z tomchilaridan kamroq foydalaning. Iloji bo`lsa,  faqat shifokor buyurganlarinigina tanlang. Chunki muntazam tomchilardan foydalanish aks ta`sir ko`rsatib, turli muammolarga sabab bo`ladi.
  • Ko`z qovoqlarini pardoz vositalaridan tozalab olgach, issiq-sovuq vanna qiling. Buning uchun paxta bo`lagini avval qaynatib ilitilgan suvda namlab, ko`z ustiga bosib turing. 2 daqiqadan so`ng sovuq suvda namlangan paxta bilan alishtiring.
  • Uyquga yotishdan oldin ko`z ustiga ko`k choy damlamasidan kompress qiling. 2-3 daqiqalik kompres ko`z tomirlariga ijobiy ta`sir etadi.
  • 1 osh qoshiq ittikanak (chereda) ni 1 st. qaynab turgan suvga damlang. Iligach, dokadan o`tkazing. So`ng ko`z ustiga kompress sifatida foydalanishingiz mumkin. Bu usul ayniqsa allergik holatlarda asqotadi.
  • Paraklangan barra bodring ham ko`zlar uchun foydali. Ko`z terisini oziqlantirib, namlantiradi. Qolaversa, kunning istalgan vaqti bajarish mumkinligi bilan  ham qulay.
  • Kun davomida ko`proq suyuqlik iching. Ammo gazlangan bo`lmasin. Na`matak, ko`k choy, meva sharbatlari ayni muddao.
  • Ko`z toliqishi  yuzaga kelmasligi uchun ish vaqti kichik tanaffus qilishga odatlaning. Bunda ko`z uchun turli mashqlarni bajarish mumkin. Masalan, nigohni keskin boshqa narsa yoki holatga qaratish.
  • Ko`cha-kuyda quyoshdan himoyalovchi ko`zoynaklardan foydalaning. Bu nafaqat ko`zlar balki ko`z atrofidagi teri uchun ham asqatadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!