JCh–2018. O`zbekiston termasi o`z maydonida Xitoyni ishonchli tarzda mag`lubiyatga uchratdi

19:53, 11 oktabr

Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 4-turida O`zbekiston terma jamoasi o`z maydonida Xitoy futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

“Bunyodkor” stadionida o`tkazilgan ushbu o`yinda 2:0 hisobi qayd etilib, hamyurtlarimiz foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Marat Bikmaev hisobni ochgan bo`lsa, 86-daqiqada Otabek Shukurovning uzoqdan bergan zarbasi Xitoy darvozasiga aniq borib tushdi.

O`yinda O`zbekiston terma jamoasi katta ustunlik bilan harakat qilib, muhim 3 ochkoga ega bo`ldi. Mazkur o`yindan so`ng vakillarimiz ochkolar sonini 7 taga etkazib, hozircha birinchi o`ringa ko`tarilib oldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!