Xitoy terma jamoasi ustozi O`zbekiston bilan o`yindan keyin iste`foga chiqishini aytdi

08:13, 12 oktabr

Osiyo qit`asidan JCh–2018 turniriga 3-saralash bosqichi "A" guruhi 4-turida O`zbekiston terma jamoasi o`z maydonida Xitoy futbolchilarini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan matubot anjumanida mehmonlar ustozi Gao Xongbo ishtirok etdi.

“Eng avvalo Xitoy futbol federasiyasi bilan o`yindan oldin bo`lgan suhbatda safardan yomon natija bilan qaytadigan bo`lsak, barcha aybni murabbiy o`z bo`yniga oladi deb kelishgandik. Shunday ekan, mazkur mag`lubiyatdan so`ng men o`z lavozimimni tark etaman va umid qilamanki, hali futbol maydonlarida uchrashamiz”, – deb xitoylik mutaxassis so`zlaridan iqtibos keltiradi Sports.uz.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda. Eron 10 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 7 ochko bilan uchinchi pog`onada. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!