Hindistonlik qiz selfi tufayli bosh terisi va sochlaridan ayrildi

10:11, 12 oktabr

Hindistonda 16 yoshli qiz istirohat bog`idagi attraksion yonida selfi tushmoqchi bo`ldi va bosh terisi sochi bialn birga shilinib ketdi, deb yozadi “Vesti”. 

Mazkur baxtsiz hodisa Dehli shahridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Baraut shahrida yuz berdi.  Attraksion yonidagi turganlar qizga yordam berish maqsadida zudlik bilan uni qutqara boshlashdi va tez tibbiy yordam chaqirishdi. Hozirda qiz shifoxonada davolanmoqda. 

Hindistonda selfi bilan bog`liq baxtsiz hodisalar tobora ko`paymoqda. O`tgan yili telefonning old kamerasi orqali suratga tushish istagida bo`lgan 27 kishi halok bo`lgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!