So`rovnoma: Xillari debatlarda Tramp ustidan g`alaba qozondi

10:39, 12 oktabr

Debatlarning ikkinchi raundidan so`ng demokrat Xillari Klinton AQSh prezidentligi uchun poygada Donald Trampni quvib o`tdi. Bunday natijani Reuters agentligi qayd etdi.

Avvalroq, ikki nomzod o`rtasida yangi mojarolar boshlandi. WikiLeaks Klintonning ikkita fikri borligi haqida yozdi biri hamma uchun, yana biri o`zi va uning atrofidagilar uchun. Tramp o`zining ayollarga nisbatan qo`pol so`zlari uchun kechirim so`radi.

Natijada, so`rovnomaga ko`ra, 53 foiz respondentlar debatlarni Klinton yutib chiqqan, 32 foiz opponentlar esa g`alaba Trampniki deb hisoblashmoqda. Klinton ayollar orasida etakchilik qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!