Ohangaronda birovning Nexia`sini olib qochgan 47 yoshli fuqaro qo`lga olindi

11:15, 12 oktabr

Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Neksiya” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig`ini hududida joylashgan "Angren armatura izolyatorlash zavodi" MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to`xtatildi. 

O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!