Rossiyalik qiz “Dunyodagi eng chiroyli chehra” sohibasi deb topildi

11:26, 12 oktabr

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashovchi Alyona Raeva Mongoliyada o`tkazilgan “Dunyodagi eng chiroyli chehra” tanlovi g`olibasi bo`ldi. Bu haqda “Lenta” xabar bermoqda

Mazkur tanlovda Evropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlaridan 60 nafar qiz ishtirok etdi. Finalda tanlov ishtirokchilari to`y liboslarida, milliy kiyimlarda chiqish qilishdi va hakamlar hay`ati bilan suhbat o`tkazishdi. 

“Juda ko`p sovg`alar berishdi. Biroq ular orasidan eng yoqqani mongoliyalik rassomning chizgan surati bo`ldi. Va albatta pul mukofoti ham menga yoqdi”, — deydi tanlov g`olibasi.  

Tanlovning birinchi o`rnini Zambiya, ikkinchi o`rnini Filippin, uchinchi o`rnini Mongoliya vakilasi zabt etdi. 

G`olib uchun pul mukofoti miqdoriga aniqlik kiritilmagan. Tanlov g`olibi yil davomida hayriya tadbirlarida ishtirok etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!