“Real” o`ziga tegishli “Santyago Bernabeu” stadionini rekonstruksiya qiladi

11:41, 12 oktabr

“Real Madrid” klubi 2017 yilda o`ziga tegishli “Santyago Bernabeu” stadionining rekonstruksiyasini boshlaydi. Bu haqda Fox Sports xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, qayta qurilish ikki yarim yil davom etadi va 2020 yilgacha tugatiladi. “Real” o`z rejalarini amalga oshirish uchun mahalliy hukumatdan ruxsat olgan. Lekin stadion oldida mehmonxona qurishga ruxsat berilmadi.

Rekonstruksiya jarayonida arenaning o`lchami va balandligi o`zgaradi. Shuningdek, qayta qurilish vaqtida “Real” muzeyi, stadion tomi va VIP xonalari o`zgaradi.  Stadionning sig`imi esa deyarli o`zgarmaydi.

Madrid klubi rekonstruksiya uchun 400 million evro sarflashi kutilmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!